Botir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan ketdi
Botir Rahmatovich Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olinib, yangi vazifaga tayinlangan. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.
Bizga ma’lum qilishlaricha, u Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bugun, 11-may kuni u yangi jamoasiga tanishtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Botir Parpiyev 2004-yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter