Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqdagi ayanchli voqea IIBga savollarni paydo qilmoqda

Bo‘stonliqdagi ayanchli voqea IIBga savollarni paydo qilmoqda

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiluvchi 39 yoshli ayol 4 nafar erkak tomonidan voyaga yetmagan farzandlari ko‘z o‘ngida zo‘rlanganiga oid xabarlar ozmuncha shov-shuv bo‘layotgani yo‘q. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati bayonot berishga ham ulgurdi.

«Xabar.uz»ning mazkur holat bo‘yicha kichik surishtiruvida ayni paytda hibsga olingan 4 nafar erkakning yoshiga aniqlik kiritildi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning 3 nafari 27 yosh, bir nafari 19 yoshli yigit bo‘lib chiqdi. Eng dahshatlisi, ushbu jinoiy guruhning rahbari muqaddam Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) bilan sudlangan bo‘lib, sudlanganlik muddati hali tugamagani aytilmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan tuman IIBga nisbatan katta savol paydo qiladi. Ya’ni, 27 ga kirmay og‘ir jinoyat sodir etib, hali sudlanganlik holati o‘tmagan shaxsga nisbatan yetarli darajada nazorat ishlari olib borilmagani uning guruh bo‘lib yana o‘ta og‘ir jinoyatga qo‘l urishiga sabab bo‘lmadimi?!

Buning kasofati o‘z tengqurlaridan tashqari, hali 19 ga to‘lmagan yana bir yigitchagayam urmayaptimi?

Bunday og‘ir savollar esa mazkur jinoyat ishi Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilishi qanchalar maqsadga muvofiq, degan boshqa savolni paydo qilmoqda.

Yana bir ma’lumot: «Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, dastlabki tergov jarayonida ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) bilan ayb e’lon qilingan...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring