Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi.
Sadbarxon Mamitova 1966 yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. U Andijon viloyatining Bo‘ston tumaniga o‘tgan yilning mart oyida hokim etib tayinlangandi.
Tayinlovga qadar «Yuksalish» umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari sifatida ishlagan.
Qayd etilishicha, hokim so‘nggi vaqtda shifoxonada davolanayotgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter