Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazirlikka nomzodning tarjimai holidagi ma’lumotlar soxta bo‘lib chiqdi

Bosh vazirlikka nomzodning tarjimai holidagi ma’lumotlar soxta bo‘lib chiqdi

Foto:«sMart-lab.ru»

Italiyada yangi kaolitsion hukumatning bosh vazirligiga nomzod Juzeppe Kontening tarjimai holidagi ba’zi ma’lumotlar soxta bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Euronews» xabar tarqatgan.

«New York Times»ning yozishicha, bo‘lajak bosh vazir o‘z tarjimai holida ko‘rsatilgan ta’lim muassasalariga oyoq ham bosmagan ekan. Gazeta Kontening tarjimai holida ko‘rsatilganidek u Nyu-York universitetida umuman tahsil olmaganini yozdi.

Shuningdek, italiyalik siyosatchining tarjimai holida uning Angliya, Fransiya va Avstriyadagi mashhur universitetlarda tahsil olgani ko‘rsatilgan. Bular ham aniq emas.

Bu sharmandalikning ortidan Konte hanuz lom-mim demadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring