Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Toshkentda yangi sayilgoh barpo etdi

Bosh prokuratura Toshkentda yangi sayilgoh barpo etdi

Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanida «Damashi» kanalining uzunligi 1 100 metr bo‘lgan qirg‘oq bo‘yi mintaqasida keng miqyosda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, «Soy bo‘yi» sayilgohi barpo etildi.

Bu maqsadlar uchun Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan zarur miqdorda mablag‘lar ajratildi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Kanal qirg‘oq bo‘yi mintaqasi 7 ta lotga bo‘linib, ularda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ham turli xil restoranlar, dam olish maskanlari, Kovorking markazi, fitness klubi va boshqa bir qator ob’yektlar hamda jahonga mashhur Eyfel va Piza minoralari, Luvr piramidasi va boshqa shunga o‘xshash ob’yektlar maketlari barpo etildi.

Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida parkka tutash hududda aholi uchun qulay kutubxona barpo etildi.

Joriy yil 9-may kuni ushbu sayilgohning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriylarimiz uchun bayram tadbiri o‘tkazildi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring