Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura talabaning o‘limi sababini ma’lum qildi

Bosh prokuratura talabaning o‘limi sababini ma’lum qildi

«Qarshi city»da fuqaro yuqori qavatdan tushib ketib vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, 21 fevral kuni soat 12-10 larda Qarshi shahrida yashagan 22 yoshli yigit («Alfraganus University» oliy ta’lim muassasasining talabasi) ota-onasi bilan yashab kelgan uydan sababsiz chiqib, Navo M.F.Y.da joylashgan ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidan o‘zini tashlab yuborib, joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshirish davomida 2019 yilda marhum yigitning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lganligi sababli klinikada davolangani, shu davrda ham o‘z joniga qasd qilishga uringani aniqlangan.

Tekshirish davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring