Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bose» qo‘shimcha reallikka ega ko‘zoynakni yaratishda tasvir o‘rniga ovozdan foydalandi

«Bose» qo‘shimcha reallikka ega ko‘zoynakni yaratishda tasvir o‘rniga ovozdan foydalandi

Foto: «Hi-News»

Audiotexnika ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik «Bose» kompaniyasi yaqinda o‘zining AR-ko‘zoynaklarini (qo‘shimcha reallik) taqdim etdi.

Qurilmaning o‘ziga xos jihati — u foydalanuvchi bilan ko‘zoynak displeyiga ma’lumotlarni chiqarib berish bilan emas, balki ovoz yordamida «muloqot» qiladi, deb xabar berdi «Hi-News».

Yangi texnologiya faqatgina ko‘rgazma uchun bir necha nusxada yaratilgani uchun hozircha o‘z nomiga ham ega emas.

AR-ko‘zoynaklaridagi «qo‘shimcha reallik» funksiyasi o‘z ustunliklariga ega: gadjet ikkita toz yo‘nalishli dinamiklar bilan jihozlangan, bu esa nafaqat «qayta aloqa»da, balki musiqa eshitishda ham foydali. Shuningdek, ko‘zoynaklar harakat datchiklari, GPS va smartfonlar bilan aloqa moduliga ega.

«Bose» ko‘zoynagi o‘z ichiga o‘rnatilgan sensorlari yordamida foydalanuvchi qaysi tomonga qarayotganini «tushunadi». Masalan, foydalanuvchi ko‘zoynak bilan binoga yoki pardaga qaraganida uning ishlash vaqti, u haqida bildirilgan fikrlar, firma raqamlari va boshqa ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Qurilmaning dastlabki prototipi 3D-printerda bosib chiqarilgan.

«Bu rostdan ham «Bose» tomonidan yaratilgan superengil AR-gadjet bo‘lib, harakatlarni «ko‘zdan qochirmaydi» hamda odam uni yuziga taqqanini sezmaydi ham». U odatdagidek quyoshdan himoya qiluvchi qora ko‘zoynaklarga o‘xshash va odamlar e’tiborini o‘ziga tortmaydi», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga ko‘zoynak xatti-harakatlarni ham tushunadi. Masalan, kirish qo‘ng‘iroqlari amalga oshirilganida foydalanuvchi unga javob berish uchun boshini oldinga qimirlatishi kifoyda. Boshi yonga qimirlatib, qo‘ng‘iroqqa javob bermaslik ham mumkin.

Ayni vaqtda mazkur qurilmaning seriyali ishlab chiqarish muddati va narxi noma’lumligicha qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring