Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boris Jonson olinmay qolgan kinosi va Jorj Klunining «plagiati» haqida

Boris Jonson olinmay qolgan kinosi va Jorj Klunining «plagiati» haqida

Boris Jonson.

Foto: «Rferl.org»

Bugun Buyuk Britaniya bosh vaziri kursisida o‘tirgan Boris Jonson 2015-yili «blokbaster» uchun ssenariy yozib, uni taniqli rejissyorga jo‘natganiga iqror bo‘ldi. Bu haqda «Politico» yozmoqda.

Jonsonning «qalamkash» ekanini jamoatchilik birinchi marta «Evening Standard» sharhlovchisi Emili Sheffilddan eshitgandi. Boris Jonson ssenariyni quyidagi mazmundagi matnni qo‘shib jo‘nagan ekan: «Mana yangi blokbaster: Ossuriyaga missiya». Sharhlovchi Jonsonning ssenariysini ta’riflashi uchun ikkita so‘z yetarli bo‘ldi: «ahmoqona va dahshatli».

Sheffild aytgandiki, Jonsonning ssenariysiga ko‘ra, film boshdan-oyoq qirg‘inbarotdan iborat bo‘lishi kerak edi: boshlari tanlaridan judo etilayotgan odamlar, zo‘rlanayotgan ayollar, xullas, hammayoq qon.

Mana, endi, bosh vazir bo‘lganidan keyin, Boris Jonson chindan ham 2015-yilda ssenariy yozib, rejissyorga jo‘natganini tan oldi.

«Ssenariyni juda ham hurmatli rejissyorga jo‘natgandim, javobini olmaganim uchun, ochig‘i, xijolatdaman», — dedi Jonson.

Jonson qo‘shimcha qilishicha, o‘z g‘oyasini Jorj Klunining «The Monuments Men» filmi treylerida ko‘rib qolgan emish: «O‘ylab qoldim, jin ursin, axir bu mening g‘oyam bo‘lishiyam mumkin».

OAV xabarlariga ko‘ra, Jonsonning qahramoni — arxeolog yosh olima bilan birga osoriatiqalarni qutqarib qolishga urinadi. Jonson bosh rollardan birini Anjelina Joli yoki Skarlett Yohansson o‘ynashini istagan ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring