Boris Jonson Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziriga aylandi
Bugun Britaniyada yangi bosh vaziri kim bo‘lishi aniqlanishi kutilayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kurashlarda konservatorlar partiyasidan bo‘lgan Boris Jonson g‘alaba qozongan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Konservativ partiya eng ko‘p Jonsonga ovoz bergan (92 153). Uning raqibi, amaldagi tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant 46 656 ta ovoz to‘plagan. Partiya yetakchiligiga kim saylansa u avtomatik tarzda bosh vazirga aylanadi.
Jonson 24 iyuldan bosh vazirlik o‘rnini egallaydi.
Boris Jonson 1964-yil 19-iyunda Nyu-Yorkda tavallud topgan. Oksford universitetining Balliol kollejida tahsil olgan. Jurnalist sifatida ham faoliyat olib borgan. U avval London shahar meri, Britaniya tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan. Breksitning ashaddiy tarafdori. Avvalgi chiqishlarida mamlakatni joriy yil oktyab oyi oxiriga qadar Yevropa Ittifoqidan chiqarib olishga va’da bergan edi.
Avvalgi bosh vazir Tereza Mey 24-may kuni ketishini e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter