Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya bilan chegarasiga «mudofaa zonasi» quradi
19-yanvar, juma kuni Rigada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Boltiqbo‘yi mudofaa vazirlari sharqiy chegarada mudofaa zonasini yaratishga kelishib oldilar. Bu haqda Postimees nashri ma’lum qildi.
Estoniya Mudofaa vazirligi vitse-kansleri maslahatchisi Kaydo Tiitusning so‘zlariga ko‘ra, agar kerak bo‘lsa, Estoniya hududini birinchi metrdanoq himoya qilish uchun chegarada jismoniy himoya vositalari kerak.
«Rossiya Estoniya xavfsizligi uchun eng katta tahdid bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Ukrainadagi urush Rossiyaning hujum qudratini kamaytirdi, ammo, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, uni ikki-uch yil ichida tiklashga tayyor. Biz Rossiyaning Estoniyaga urush e’lon qilish ehtimoli yuqori ekanligini to‘g‘ri baholashimiz va bunga tayyor bo‘lishimiz kerak», - dedi Tiitus.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mumkin bo‘lgan hujumda dushmanni chegarada ushlab turish va ittifoqchilarga yordamga kelish uchun vaqt berish uchun mudofaa inshootlari zarur.
Shu bois Estoniya hukumati sharqiy chegarasida 600 ga yaqin beton bunkerlardan iborat mudofaa chizig‘ini quradi. Bunkerlarning katta qismi Ida-Virumaa okrugida va Estoniya janubi-sharqida quriladi, ba’zilari Peypus ko‘li yaqinida ham joylashadi.
Bunkerlar harbiylarni dushman otishmasi va snaryad parchalaridan himoya qiladi. U 152 mm kalibrli raketa zarbasiga bardosh berishi kerak.
Bunkerlarni o‘rnatish kelasi yilning birinchi yarmida boshlanadi. Bunkerlar uchun loyihalar hali ishlab chiqilmagan, ammo Tiitusning so‘zlariga ko‘ra, ular odatdagi yerto‘lalardan ko‘p farq qilmaydi.
Bunkerlarning qurilishi 60 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter