Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boliviya sobiq prezidenti nomusga tegish va odam savdosida ayblanyapti

Boliviya sobiq prezidenti nomusga tegish va odam savdosida ayblanyapti

Foto: «Interfaks»

Boliviya adliya vazirligi mamlakatning sobiq prezidenti 60 yoshli Evo Moralesga qarshi nomusga tegish va odam savdosi jinoyat ishlarini qo‘zg‘adi. Bu haqda mamlakatda chiqadigan «ElPais» nashri xabar berdi.

Moralesga qarshi ishlarda sobiq prezidentning 19 yoshli qiz bilan tushgan suratlari OAVda chop etilgani asos qilib olingan. Morales qiz bilan u hali 14 yoshda paytidayoq uchrasha boshlagani taxmin qilinmoqda.

Qiz qayerda ekani noma’lum, biroq Adliya vaziri o‘rinbosari Gido Melgaraning ta’kidlashicha, u Argentinada.

Boliviya qonunchiligida nomusga tekkanlik uchun olti yil, odam savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun 15 yil qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Evo Morales 2006—2019-yillarda Boliviya prezidenti bo‘lgan. Mamlakat g‘arbidagi Oruroda tug‘ilgan, aymara qabilasi vakili bo‘lgan Morales tub joy xalqidan chiqqan ilk prezident edi. O‘tgan yilgi saylovlardan keyin ommaviy noroziliklar tartibsizliklarga aylanib ketgach, iste’foga chiqqan. Ayni paytda quvg‘inda yashayotgan Moralesga boshqa jinoyatlarni sodir etishda (xususan, terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha) ham ayblovlar e’lon qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u hozirda Argentinada boshpana topgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring