Bolasini 20 ming AQSh dollariga sotayotgan ayollar qo‘lga olindi
2020-yilning 9-noyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Xovos tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro I.S hamda Xovos tumanida yashovchi fuqaro N.Sh bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro I.Sning 4 kunlik qiz farzandi I.K ni Guliston shahrida yashovchi S.Z ga 20 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarga sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Tadbir davomida «I.S» hamda «N.Sh» ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 20 ming AQSh dollari olingan.
Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter