Bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachi ishdan olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolalarni oyoq kiyim bilan urayotgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, 18 iyul kuni Yangiyo‘l tumani «Ibrat» MFYda joylashgan «Ominaxon» nomli nodavlat oilaviy MTTda tarbiyachi bo‘lib ishlovchi ayol H.A. (2002 yilda tug‘ilgan) shu bog‘chadagi ikki nafar (5-6 yoshli) o‘g‘il bolalar o‘zaro talashib, mashg‘ulotga halal bergani uchun ularni urishib, uy oyoq kiyimi bilan urgan.
Jarayon voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Holat yuzasidan IIB tomonidan tarbiyachi va boshqa mas’ullar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, bolalarni sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun yo‘llanma berilgan. Ekspertiza xulosasi va o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
O‘rganish davomida tarbiyachi tegishli tartibda ishdan bo‘shatilib, tadbirkor ogohlantirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter