Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarga mo‘ljallangan dori siropi ruxsatnomasi bekor qilindi

Bolalarga mo‘ljallangan dori siropi ruxsatnomasi bekor qilindi

O‘zbekistonda yana bir dori mahsulotining ruxsatnomasi bekor qilindi. 

Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi. 

Shu bilan birgalikda CYNERGY PHARMCO mas’uliyati cheklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardagi Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Rinotin kids sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirig‘i berilib, ijrosi nazorat ostiga olindi.

Bugungi kun holatiga korxona tomonidan 28 ta dorixonalardan mahsulotlar qaytarib olindi. Mazkur holat yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring