Bolalar qaysi yoshdan tayyorlov guruhlariga qabul qilinadi?
Vazirlar Mahkamasining 09.02.2022-yildagi «Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi 66-son qarori qabul qilindi.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilardan iborat:
- birinchidan, 3-bandning ikkinchi xatboshisi yangi tahrirda bayon etildi va unga ko‘ra, tayyorlov guruhlarida o‘quv yili joriy yilning 2-sentyabridan keyingi yilning 31-mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oldingi tahririda yozgi sog‘lomlashtirish davri nazarda tutilmagan;
- ikkinchidan, Qarorning 2-ilovasi 4-bandining birinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritildi, unga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti tegishli organlar tomonidan may va iyun oylarida o‘rganiladi. Ilgari bu iyun va iyul oylarida amalga oshirilardi;
- uchinchidan, Qarorning 2-ilovasining 6-bandi ham yangi tahrirda bayon etildi. Unga ko‘ra, endi tayyorlov guruhlariga kelgusi yilda 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. Oldingi tahririda bu yosh tegishli yilning 1 sentyabrida 5 yoshu 6 oyni tashkil qilardi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.02.2022-yildan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter