Bojxona qo‘mitasi rahbariyatida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi

Mutalibjon Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda «Nigoh» xabar berdi.
Ilxom Muxtorov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u ushbu lavozimda vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.
Otabek Ibragimov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter