Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bojxona postiga qarab, har bir hokimga baho beriladi» — Prezident

«Bojxona postiga qarab, har bir hokimga baho beriladi» — Prezident

Foto:«Xabar.uz»

Ayni damda prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish o‘tkazayotgani xabar berilgandi.

Unda aytilishicha, besh yillik Taraqqiyot strategiyasida eksportni 30 milliard dollarga, xorijiy turistlar sonini 7 millionga yetkazish belgilab olingan.

«Bu katta marralar. Buning uchun, bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori bo‘g‘ingacha o‘zgarishi kerak.

Topshirig‘imga ko‘ra, qo‘mitaning yangi raisi bevosita postlarda xodimlar, aholi va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz gaplashib, har bir masalani ichiga kirib o‘rgandi.

Viloyat hokimlari bir narsani aniq tushunishi kerak. Bojxona postlari davlatimiz yuzi, birinchi taassurot ham aynan bojxonadan boshlanadi.

Bojxona postiga qarab, har bir hokimning madaniyatiga baho beriladi. Ular atrofida ravon yo‘llar, ekilgan manzarali daraxt va gullar, aholi uchun qulay sharoitlar bo‘lishi shart», dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring