Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boing-739 samolyoti Qarshidan ucha olmadi

Boing-739 samolyoti Qarshidan ucha olmadi

Videodan kadrlar

«Azur Air» aviakompaniyasining Boing-739 samolyoti Qarshi – Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi charter qatnovini amalga oshira olmadi.

Bu esa bugun tongda «Qarshi» aeroportidan uchib ketishi kerak bo‘lgan  yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

«Uzbekistan Airports» AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, havo kemasi ekipaji komandiri samolyot yuki og‘irligi bois, ushbu qatnov bajarilmasligi haqidagi qarorni qabul qilgan.

Yo‘lovchilarga «Qarshi» aeroportining mas’ul xodimlari hamda «Azur Air» aviakompaniyasi samolyoti ekipaji tomonidan ushbu qarorga sabab bo‘lgan holatlar xaqida ma’lumot bergan.  

Hozirda aeroport xodimlari tomonidan ushbu 214 nafar yo‘lovchiga kerakli yordam, jumladan nonushta tarqatilib, ular mehmonxonalarga joylashtirilmoqda va issiq ovqat bilan taminlash kabi masalalar hal qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring