Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘cha bolalarini urgan tarbiyachi ishdan olindi

Bog‘cha bolalarini urgan tarbiyachi ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Videoda tarbiyachi bolalarning boshiga urib, ularni o‘rniga yotqizayotgani aks etgan.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirib,  voqea nodavlat ta’lim muassasasida sodir bo‘lganini qayd etdi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani va ichki mehnat tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring