BMT chegara masalalari bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini ommalashtirmoqchi

2018 yilning 1 noyabr kuni TIVda Maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchi Ilhomjon Ne’matov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov va BMT Bosh kotibining Maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German bilan uchrashdi.
Mehmonlarga O‘zbekistonning mintaqa davlatlari bilan davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar jarayoni to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi.
O‘zbekiston TIVning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan davlat chegarasini rasmiylashtirish hamda chegara bo‘yicha shartnomalarni imzolash kabi mushkul masalalarga javob topilishi BMT tomonidan yuqori baholandi.
Uchrashuv davomida chegara masalalari bo‘yicha O‘zbekistonning ijobiy ishlanmalarini ommalashtirish masalasi ham muhokama qilindi. Shu munosabat bilan BMT vakillari xalqaro tashkilot doirasida chegara masalalarini yechish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi mavzusida taqdimot o‘tkazishni taklif qildilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter