BMT AQSh va Shimoliy Koreyaga taklif bilan chiqdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterresh AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv bekor bo‘lganidan so‘ng ikki davlat rahbarlariga konstruktiv muloqot o‘tkazish taklifini bildirdi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh Shveysariyaning Jeneva universitetida bo‘lgan yig‘ilishda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida shu yil 12-iyun kuni Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uchrashuvning bekor qilinganidan hayratda qolganini yashirmadi.
Antonio Guterresh Koreya yarimorolida tinchlikni asrash bo‘yicha ikkala mamlakat yetakchilariga konstruktiv muloqot o‘tkazish taklifini bildirdi.
Kecha AQSh rahbari Shimoliy Koreya prezidentiga uchrashuv bekor qilingani haqida maktub yo‘lladi.
Avvalroq esa rasmiy Pxenyan AQSh bilan Janubiy Koreya o‘rtasida shu yil 14–24-may kunlari o‘tkazilgan harbiy operatsiyalardan hamda yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha zug‘umdan hadikda ekanini, bunday holat davom etaversa, Singapur uchrashuvi bekor qilinishini aytgan edi.
AQShning bu harakati Shimoliy Koreya Xamgyon shahridagi yadroviy poligonini yopayotgan bir paytga to‘g‘ri kelgani tashvishli holat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter