Bloomberg: pandemiya vaqtida to‘plangan neft zaxirasi ishlatib bo‘lindi

Pandemiya paytida neft va yoqilg‘iga bo‘lgan talabni kamaytirish maqsadida to‘plangan neft zahirasi tugadi. Bu haqda Citigroup va Xalqaro energetika agentligi (XEA) iqtisodchilarining ma’lumotlariga asoslanib Bloomberg xabar berdi.
Agentlik ta’kidlashicha, xom ashyoning ortiqcha zaxiralari hozirda faqat Xitoyda bo‘lib, mamlakat ularni yangi neftni qayta ishlash zavodlariga topshiradi.
XEA ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyiga kelib, omborxonalarda yig‘ilgan yoqilg‘ining beshdan bir qismidan kamrog‘i qolgan. Shundan so‘ng zahira tobora kamayishda davom etgan.
Iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, jahon neft bozorida vujudga kelgan muvozanatlashuv va tobora yoqilg‘iga bo‘lgan talabning ortishi allaqachon neft narxining bir barreli uchun 67 dollarga ko‘tarilishiga olib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter