Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bizni uchrashtirishmayapti» — Imon Karimova onasi haqida yozdi

«Bizni uchrashtirishmayapti» — Imon Karimova onasi haqida yozdi

Birinchi prezident Islom Karimovning nevarasi Imon Karimova Instagram sahifasida onasi Gulnora Karimova bilan anchadan beri ko‘rishmayotgani haqida yozgan.

«Har kuni mendan onam haqida yangilik bormi, deb so‘rashadi. Shuncha yildan beri birorta qo‘ng‘iroq ham, xat ham yo‘q. Endi tushunyapmiz, hammasi vaqtdan yutish uchun berilgan quruq va’da ekan. Na menga, na buvimga (Tatyana Karimova — tahr.) onam bilan ko‘rishishga ruxsat berishyapti. Xudo xohlasa, tez orada yaxshi xabarlar eshitaylik», deb yozgan u.

Eslatib o‘tamiz, Imon Karimova Instagram sahifasida bobosiga oid tarixiy suratlarni e’lon qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring