Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitta tugmani bosib, bir necha soniya ichida fotosurat sifatini yaxshilab berishga qodir veb-dasturlar

Bitta tugmani bosib, bir necha soniya ichida fotosurat sifatini yaxshilab berishga qodir veb-dasturlar

Foto: «Layfxaker»

Hozirgi kunda hamma smartfonda suratga olishni biladi. Lekin ko‘plab rasmlarning sifati yaxshi emas. Buni fotomuharrirlar yordamida to‘g‘rilash mumkin, biroq kim ham unga vaqtini sarflagisi kelardi, deysiz. Shu sababli «Layfxaker» bir necha soniya ichida suratlaringizni to‘g‘irlab berishga qodir onlayn-servislar ro‘yxatini taqdim etdi.

«Let’s Enhance»

Agarda sizda hajmi juda kichik surat bo‘lsa, mazkur servis uning sifatini buzmagan holda o‘lchamini kattartirib beradi. Buning uchun u piksellarni cho‘zuvchi va unga tegishli ranglarni beruvchi maxsus intellektli algoritmdan foydalanadi. Bundan tashqari servis fayllarni siqish jarayonida yuzaga keladigan nuqsonlarni ham bartaraf eta oladi.

«Fotor»

Bu deyarli barcha mashhur platformalarga mo‘ljallangan suratlar muharriri. Uning o‘ziga xos jihati — bitta tugmani bosish orqali bir zumda yuklangan suratni qayta tahrirlashida. Avtomatik tahrirlash telefon yordamida olingan suratdagi barcha oshiqcha narsalarni olib tashlaydi. Shuningdek, algoritm ishini sozlamalar yordamida boshqarish ham mumkin.

«Improve Photo»

Mazkur servis sozlamalarida hech qanday noziklik mavjud emas, shu sababli u avtomatik rejimda ishlaydi. Foydalanuvchi faqatgina yaxshilangan suratning ikkita darajasini va ulardan qay birini saqlashni tanlay oladi.

«Enhance Pho.to»

Avtomatik ravishda turli filtr va sozlamalardan foydalanib, tasvirni yaxshilaydi. Sizdan faqatgina ulardan qay birini tanlash talab etiladi. Servis yordamida tasvirdagi yorug‘likni, tabiiylik va boshqa operatsiyalarni bajarish mumkin.

«PinkMirror»

Servis faqatgina portretlar uchun mo‘ljallangan. Surat yuklanganidan so‘ng unga «kalit nuqta»ni qo‘yib chiqish kerak, bu dasturga suratdagi yuzni, ko‘zni, burun va labning o‘rnini aniqlashda yordam beradi. Shundan so‘ng u avtomatik ravishda bir qator operatsiyalarni bajarib, ko‘zlarni yorqinlashtiradi, tishlarni oqartiradi va hokazo. Tayyor bo‘lgan suratni saqlab qo‘yish yoki ijtimoiy tarmoqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulashish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring