Birja savdolari orqali 16 dekabr kuni 6250 tonna AI-80 avtobenzin sotuvga qo‘yildi — «O‘zbekneftgaz»
2022-yil 15-dekabr kuni 4,2 ming tonna AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarildi, shu jumladan 3,0 ming tonna Buxoro va 1,2 ming tonna Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida.
Joriy kuni 6250 tonna AI-80 avtobenzin (Buxoro NQIZ 5000 tonna, «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XK 1250 tonna) birja savdolariga qo‘yilib, sotildi. Bunda, har bir tonna Buxoro NQIZdan qo‘yilgan avtobenzin uchun narx 6273 ming so‘mdan (4705 so‘m / litr), «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XKdan esa 6320 ming so‘mdan (4740 so‘m / litr) shakllandi.
Joriy oyning 16-dekabr kuni birja savdolarida jami 6250 tonna AI-80 avtobenzin sotilishi rejalashtirildi, shundan Buxoro NQIZ tomonidan 5000 tonna va «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XK tomonidan 1250 tonna.
Iste’molchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan o‘z vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro NQIZ tomonidan Ai-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berish nazoratga olingan.
Joriy oy davomida neft bazalarga jami 46772 tonna, jumladan 15 dekabr kuni 3486 tonna Ai-80 rusumli avtobenzin yuklab berildi.
2022-yil 15-dekabr kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali iste’molchilarga jami 5908 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 251 tonna, Toshkent shahri va viloyatiga 3164 tonna, Andijonga 108 tonna, Buxoroga 176 tonna, Jizzaxga 179 tonna, Qashqadaryoga 223 tonna, Navoiyga 238 tonna, Namanganga 391 tonna, Samarqandga 252 tonna, Surxondaryoga 370 tonna, Sirdaryoga 193 tonna, Farg‘onaga 45 tonna va Xorazm viloyatiga 318 tonna. 2022 yil 16 dekabr holatiga jamiyat tasarrufidagi neft bazalar va neftni qayta ishlash zavodlarida 42,1 ming tonna va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 2 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud.
Neftni qayta ishlash zavodlarida 97,5 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter