Birinchi xonimlar Seuldagi reabilitatsiya markaziga borishdi (foto)
«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva va Koreya Respublikasining birinchi xonimi Kim Chen Suk Seuldagi Milliy reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligini mustahkamlash va ularning jamiyatga qo‘shilishiga reabilitatsiya, tadqiqot va ta’lim yo‘li bilan yordam beradi.
Mehmonlar markazning ilg‘or tajribasi bilan tanishdilar. Innovatsion texnologiyalar, laboratoriya faoliyati, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zamonaviy yordamchi vositalarni ishlab chiqarish jarayoni namoyish etildi.
«Bu boradagi xalqaro tajriba biz uchun juda foydalidir. Bunday hamkorlik kelajakda jamiyatda inklyuziyaga erishish yo‘lidagi rejalarimizda muhim ahamiyatga ega» — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter