Gallup: Jo Baydenning reytingi birinchi marta 50 foizgacha pastladi
AQShda Gallup tadqiqot xizmati xodimlari amerikaliklardan Jo Baydenning prezidentlik faoliyatini qanday baholashlari to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazgan. Ma’lum bo‘lishicha, prezidentning reytingi ilk marotaba 50 foizga pastlagan.
Bu iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma ko‘rsatkichlaridan 6 foizga pastdir.
Hozir 45 foiz amerikaliklar prezident faoliyatini ma’qullamaydilar. So‘rovnomada ovoz berganlarning yana 5 foizi bu borada o‘z fikrlarini ochiqlamaganlar. Ma’lum bo‘lishicha, respondentlarning 50 foizi Bayden boshqaruvi haqida ijobiy fikr bildirishgan.
Ushbu reyting Jo Baydenning AQSh prezidentligi davridagi eng past ko‘rsatkichdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter