Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida seminarlar o‘tkazildi

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida seminarlar o‘tkazildi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati.

IT-park Samarqand viloyati filiali, Ishtixon tumani hokimligi va tuman Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari va informatika o‘qituvchilari uchun «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda loyihaning maqsadi va ahamiyati, axborot texnologiyasi sohasining bugungi kundagi o‘rni va dolzarbligi, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va yo‘naltirish masalalarida so‘z yuritildi. Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi pedagoglarning sohaga oid bo‘lgan savollariga tashkilotchilar tomonidan batafsil javob berildi.

Shuningdek, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida «Andijon digital siti» texnoparkida Andijon, Buloqboshi, Qorasuv, Asaka va Xonobod tumanlarining umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan jami 500 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar va informatika o‘qituvchilar uchun «Bir million dasturchi» loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda axborot texnologiyasi sohasining bugungi kundagi o‘rni va dolzarbligi, yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va ularni kelajak kasbiga jalb qilish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va «Andijan digital siti» texnoparki bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring