Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir haftadan so‘ng ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi keskin oshadi

Bir haftadan so‘ng ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi keskin oshadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5886-sonli farmonida «O‘zshahar qurilish invest» IK ga 2017-2019-yillar dasturlarida qurilgan uy-joylarni realizatsiya qilishda 2020-yil 1-iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish belgilangan edi.

Mana ushbu sanaga ham sanoqli kunlar qoldi.

Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar «O‘zshahar qurilish invest» IKning mulki hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib, hududiy komissiyalar tomonidan uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarning ko‘pchiligi yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirib olishdi.

Ammo turli sabablarga ko‘ra uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020-yil 1-iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to‘liq o‘z yonidan to‘lash orqali xonadon qiymati «O‘zshahar qurilish invest» IKga to‘lab berilmasa, uy-joylar narxiga 15 foiz qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi.

Masalan, 1 m2 o‘rtacha 3 980 000 so‘mlik uy-joylarda narx qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan 4 577 000 so‘mni (QQS 597 000 so‘m) tashkil qiladi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib uy-joylarga biriktirilgan fuqarolardan uy-joylar narxlari QQS qo‘shilishi hisobiga keskin oshib ketishining oldini olish uchun joriy yilning iyul oyi 1 sanasiga qadar xonadonlarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirishlari so‘raladi.

P.S. Ushbu talab uy-joylarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring