Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir guruh «ko‘cha bolalari»ga sud hukmi o‘qildi

Bir guruh «ko‘cha bolalari»ga sud hukmi o‘qildi

2024-yil 5-avgust kuni, S. Saidaliyev (Saidaziz Medgorodok) va boshqalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining raisi M. Mirzajonov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra:

S. Saidaliyev (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari, 28,211-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari, 242-moddasi 1-qismi, 243-moddasi va 277-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

M. Mirxodjayev (1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 277-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

Sh. Samiyev (1980 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 277-moddasi 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

A. Akramov (1991 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

I. Satvaldiyev (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

F. Alimov (1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

R. Bobonazarov (1995 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

L. Shomurodov (1995 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 277-moddasi 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

N. Tulyaganov (1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 90 750 000 so‘m miqdorida jarima va ish haqining 10 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy 20 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sh. Quvatov (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida va 277-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

G‘. O‘rinboyev (1980 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi «a», «g» bandlari, 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 25,168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari, 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari, 227-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

U. Mahmudov (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

A. Nurmatov (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, sodir etilgan jinoyatning javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi sababli jazodan ozod qilindi.

B. Erkinov (1992 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «v» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

A. Yuldashev (1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», v» bandlari va 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

S. Usmonov (1994 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

D. Umirzakov (1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

T. Abdumalikov (1993 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 132 000 000 so‘m miqdorida jarima va 2 yil 5 oy 13 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

D. Badalov (1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

U. Raximov (1979 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi «a», «g» bandlari, 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari, 227-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

D. Xoshakov (1994 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

Z. Qayumov (1981 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil 3 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

B. Mo‘minov (1995 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

D. Yunusov (1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a», «v» bandlari va 28,211-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

D. Sultanov (1993 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil 6 oy 29 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

B. Samadov (1986 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) va X. Riskiyev (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi.

B. Rahmonov (1997 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 105 105 000 so‘m miqdorida jarima va ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 8 oy 27 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Yo. Sotivoldiyev (1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil 4 oy 25 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchilar S. Saidaliyev, U. Maxmudov, B. Erkinov, M. Mirxodjayev, A. Yuldashev, D. Yunusov, R. Bobonazarov, L. Shomurodov, Sh. Samiyev, B. Muminov, I. Sativaldiyev, D. Sultanov, B. Samadov, X. Riskiyev, A. Akramov va G‘. O‘rinboyevdan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Boshqa jabrlanuvchilar va manfaatdor shaxslarga jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlar bo‘yicha hamda iqtisodiy sudlarga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Sudlanuvchi S. Saidaliyev tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hisobiga orttirilgan mol-mulklar tegishli tartibda jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilishi belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan boshlab o‘n sutka ichida apellyasiya tartibida yoki hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng kassatsiya tartibida Toshkent shahar sudiga shikoyat berishi, prokuror protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring