Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzin, dizel yonilg‘isi va suyultirilgan gaz narxi o‘zgaradi

Benzin, dizel yonilg‘isi va suyultirilgan gaz narxi o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

2024 yil 1 apreldan boshlab, neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari o‘zgaradi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» xabar berdi. 

Qayd etilishicha, neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig‘i:

  • AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 so‘mdan 340 000 so‘mga (37 000 so‘mga);
  • Aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 so‘mdan 271 000 so‘mga (29 000 so‘mga);
  • Dizel yonilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 so‘mdan 326 000 so‘mga (35 000 so‘mga);
  • EKO dizel yonilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 so‘mdan 293 000 so‘mga (31 000 so‘mga) o‘zgaradi. 

Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i:

  • AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 so‘mdan 633 000 so‘mga (68 000 so‘mga);
  • Dizel yonilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 so‘mdan 578 000 so‘mga (68 000 so‘mga);
  • Suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 so‘mdan 904 000 so‘mga (96 500 so‘mga) oshishi belgilangan. 

Shu sababli, «O‘zbekneftgaz» AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni birja savdolari orqali sotishdagi boshlang‘ich narxlari 2024 yil 1 apreldan boshlab aksiz solig‘i o‘zgarishi inobatga olingan holda shakllantiriladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring