Bekoboddagi Madaniyat uyi qayta «ta’mirlandi»
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi «Bekobod sement» AJga qarashli bo‘lgan «Bekobod sement» Madaniyat uyi binosining tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgani muhokama qilinmoqda.
Gap shundaki, mazkur bino sobiq ittifoq davrida qurilgan bo‘lib, o‘ziga xos arxitekturaga ega. Biroq, mahalliy aholi bergan guvohlikka ko‘ra, bino bir necha yillardan beri qarovsiz holatda qolib ketgan. Va yakunda bino Havas supermarketlar tarmog‘i egasiga – tadbirkorga ijaraga berilgan.
«Bu tarixiy binolarga, hatto biznes tarafidan ham, yomon munosabat! Axir ta’mirlashni boshqacharoq, oqilona yo‘l bilan olib borish mumkinmidi?» deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
O‘z navbatida Madaniy meros agentligi mazkur holatga munosabat bildirib, ushbu bino madaniy meros ob’yekti sifatida qayd etilmaganini ma’lum qildi.
«Toshkent viloyati «Bekobod sement» AJga qarashli bo‘lgan «Bekobod sement» Madaniyat uyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan arxitektura yodgorligi sifatida ro‘yxatga olinmagan», – deyiladi Agentlik munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter