Bekobodda «Yoshlar-kelajagimiz» dasturiga taalluqli 301 mln. so‘m talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, ATB «Agrobank» Bekobod filiali, «P.A.» va «U.X.» MChJ mansabdor shaxslari «Yoshlar-kelajagimiz» dasturi doirasida ajratilgan 301 mln. so‘m kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter