Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda noqonuniy dori vositalari saqlanuvchi «yama» aniqlandi

Bekobodda noqonuniy dori vositalari saqlanuvchi «yama» aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan DXX shahar bo‘limi va Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.X. o‘z xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini noqonuniy ravishda muomalaga kiritishga mo‘ljallangan «yama» tashkil etganligi aniqlangan.

Xususan, ushbu «yama»da O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 320 mln. so‘mlik dori vositalari hamda 84 kg «Latun» (rangli metall) parchalari saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring