Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda 64 tup qarag‘ay tag-tugi bilan kesib tashlandi (foto)

Bekobodda 64 tup qarag‘ay tag-tugi bilan kesib tashlandi (foto)

19 fevral kuni Bekoboddagi daraxtlar kesilgani aks etgan suratlar tarqaldi.

Holat Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Toshkent viloyati Milliy Gvardiya boshqarmasi hamda Ekopolitsiya inspektorlari tomonidan o‘rganildi, deyiladi rasmiy xabarda.

Aniqlanishicha, Bekobod tumanining «Saryuz» MFY hududida fuqaro O.X. va bir guruh fuqarolar tomonidan 64 tup qarag‘ay daraxti noqonuniy ravishda tag qismi bilan kesib olib ketilgan.

Fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ba’zaviy hisoblash miqdorining besh barobari 1 mln 350 ming so‘m jarima belgilandi va 1mlrd 575 mln so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Barcha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, moratoriyga qaramasdan respublika bo‘ylab daraxt kesish holatlari to‘xtamayapti. Jumladan, Toshkent viloyatida qimmatbaho daraxtlar, Asakada ham 10 ga yaqin ko‘p yillik daraxtlar kesib yuborilganligi xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring