Bayramni azaga aylantirmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi

Federal qidiruv byurosi – «FBI» 4-iyul – Amerika mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayramlarni azaga aylantirmoqchi bo‘lgan «al-Qoida» guruhi a’zosini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
«FBI» xodimlari Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida ertaga o‘tkazilishi kutilayotgan bayramda bomba portlatmoqchi bo‘lgan «al-Qoida» guruhi a’zosini qo‘lga oldi.
48 yoshli Demetrius Pits ismli terrorchi «al-Qoida» guruhiga a’zo ekanini tan oldi. Pitsga 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi kutilayapti.
Ertaga, ya’ni 4-iyul kuni Amerikaning turli shtatlarida Mustaqillik bayrami o‘tkazilishi munosabati bilan xavfsizlikni ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter