«Bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish konsepsiyasi» ishlab chiqiladi
Vazirlar Mahkamasining umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarning g‘oyaviy va mafkuraviy mazmun-mohiyatini kuchaytirish orqali xalqning boy madaniy merosi hamda o‘ziga xosligini asrab-avaylash, har bir fuqaroda vatanga daxldorlik, milliy birdamlik va g‘urur tuyg‘ularini kuchaytirishni nazarda tutuvchi «O‘zbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
- O‘zbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasi;
- O‘zbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi;
- Umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda «Yangi O‘zbekiston bog‘i»dagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yish rasmiy marosimini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom;
- Umumxalq bayramlarini nishonlashning namunaviy reglamenti;
- Kasb bayramlarini nishonlashning namunaviy reglamenti;
- Muhim sanalarni nishonlashning namunaviy reglamenti;
- Xalqaro kunlarni nishonlashning namunaviy reglamenti;
- Bayramlarning toifalarga ajratilgan ro‘yxati hamda ularni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Ushbu hujjat loyihasini amalga oshirish natijasida milliy va madaniy urf-odatlar, marosimlar va tarixiy qadriyatlarni saqlab qolish, ularning kelajak avlodlarga yetkazilishini ta’minlashga ustuvor ahamiyat beruvchi tashabbuslarni qo‘llab quvvatlash hamda fuqarolarda milliy qadriyatlar, tarix va milliy ramzlarni qadrlash, g‘urur-iftixor va birdamlik tuyg‘ularini uyg‘otish ko‘zda tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter