Bayram kunlari jamoat transporti harakati bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmoniga ko‘ra, 2022-yil 9-iyul kuni respublikamizda Qurbon hayiti bayram kuni va 11, 12-iyul kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, bayram va dam olish kunlari jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etiladi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati.
- 2022-yil 9-iyul, shanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2022-yil 10-iyul, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2022-yil 11-iyul, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2022-yil 12-iyul, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
- 2022-yil 16-iyul, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter