Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram kunlari valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlab turadi

Bayram kunlari valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlab turadi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 18-22-mart kunlari aholiga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi.

Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. 

Banklar ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan. 

Shu bilan birga, kunning istalgan vaqtida chet el valyutasini ayirboshlash imkonini beradigan «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bank kartalaridan foydalanib, masofadan valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatidan ham foydalanishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring