Baydenga suiqasd tayyorlagan shaxs hibsga olindi
Kanzas shtatida yashovchi shaxs AQSh prezidenti Jo Baydenga suiqasd uyushtirish bilan tahdid qilganlikda ayblanib, hibsga olindi, deya xabar bermoqda Daily Beast.
Nashrning yozishicha, qo‘lga olingan Skott Merriman avvalroq maxfiy xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilib, «prezidentni ko‘rish» uchun Vashingtonga ketayotgani haqida xabar bergan. U huquq-tartibot idoralari vakillariga Baydenga odamlar «mamlakatdagi bo‘linishdan to‘yganini» aytish uchun Oq uyga ketayotganini aytgan. Merriman, shuningdek, o‘zining Facebook sahifasida bir qancha postlar yozgan.
Maxfiy xizmat xodimlari Merrimanni Kanzasdan Merilendga ketayotganida hibsga olishdi. Unda o‘qlangan qirol borligi aniqlangan.
New York Post nashrining yozishicha, unga nisbatan juma kuni jinoiy ish ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter