Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden «1-saylov uchastkasi»da g‘olib chiqdi

Bayden «1-saylov uchastkasi»da g‘olib chiqdi

Foto: «Reuters»

Ma’lum qilganimizdek, bugun, 3-noyabr kuni AQShda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tyapti. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, prezidentlikka Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden AQShdagi «birinchi raqamli» saylov uchastkasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

1960-yildan beri AQShdagi saylovlarga Diksvill-Notch aholi maskani (Nyu-Gempshir shtati)da start beriladi, uchastka yarim tundan so‘ng (Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da) «The Balsams» mehmonxonasida ochiladi.

Diksvill-Notchda atigi besh kishi istiqomat qilgani bois, saylov natijasi shu zahotiyoq, «Facebook» orqali jonli efirda e’lon qilinadi. Bu yilgi saylovda ularning barchasi Baydenga ovoz berishdi.

Nyu Gempshirdagi nisbatan kattaroq aholi maskani Milsfildda 16 kishi Donald Trampga, 5 nafari Jo Baydenga ovoz bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring