Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bavariya» Oliver Kanni ishdan haydamoqchi

«Bavariya» Oliver Kanni ishdan haydamoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi boshqaruv raisi Oliver Kanni iste’foga chiqarmoqchi.

Klub rahbariyati Germaniya terma jamoasining afsonaviy darvozaboni o‘rniga nomzodlarni qidirishni boshlab yuborgan.

Bu haqda jurnalist Martin Volkmar ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanni iste’foga chiqarish qarori «Bavariya»ning direktorlar kengashi a’zosi Uli Xoyenes tomonidan qabul qilingan.

Kan o‘rniga nomzodlar orasida «Ayntraxt» klubida tegishli lavozimda ishlaydigan Aksel Xelman ham bor.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida «Bavariya» bosh murabbiy Yulian Nagelsmanni iste’foga chiqardi. Oliver Kan va sport direktori Hasan Salihamidjich prezident Gerbert Xayner bilan maslahatlashganidan keyin shunday qarorga kelishgan. Lekin bu klubga omad keltirmadi, «Bavariya» YeChLdan chiqib ketdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring