Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona»ning sobiq murabbiyi bedavo dardga chalindi

«Barselona»ning sobiq murabbiyi bedavo dardga chalindi

Foto: «Getty Images»

Luis Enrikening «Barselona»dagi sobiq yordamchisi hamda «Selta» klubining sobiq bosh murabbiyi Xuan Karlos Unsue tuzalib bo‘lmas dardga chalingani haqida «Marca» xabar berdi.

53 yoshli mutaxassisga yon tomonlama amiotrofik skleroz tashxisi qo‘yilgan. Bu xastalik vaqt o‘tishi bilan mushaklarning yemirilishi va sholga olib keladi.

«To‘rt yil umrim qolganini aytishdi. Bunday kasallikka chalingan boshqa bemorlar bilan gaplashdim. Ular barcha qiyinchiliklarga qaramay, yashashni juda istashyapti», — dedi Unsue.

Unsue futbolchilik faoliyatida darvozabon bo‘lgan. Avval «Osasuna»da o‘ynagan, keyin «Barselona»ga kelib, Andoni Subisarretaning dublyori bo‘lgan. Bir necha mavsumdan so‘ng «Sevilya»ga o‘tib, La Ligada 222 o‘yin o‘tkazgan. Keyin «Tenerife» va «Ovedo»da o‘ynagan, faoliyatini 2003-yilda «Osasuna»da tugatgan.

Murabbiylik faoliyatini esa darvozabonlar murabbiyi sifatida «Barselona»da boshlagan — avvaliga Frank Raykaard, so‘ng Pep Gvardiola qo‘l ostida. Keyin «Numansiya», yana «Barselona», «Rasing»...

«Selta»da Luis Enrikega ko‘maklashgan Unsue keyinchalik u bilan «Barselona»ga qaytib, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, 2014/2015-mavsumidagi treblni. Xuan Karlos «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lishi ham kutilayotgandi, biroq yakunda klub Ernesto Valverdeni olib keldi. Bu yerdan ketgan Unsue «Selta»ni boshqardi. Uning so‘nggi klubi Kataloniyaning «Jirona»si bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring