«Barselona» Reshfordga ko‘z tikmoqda
![«Barselona» Reshfordga ko‘z tikmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/6/2/720_460_95_628112571.jpg)
«Barselona» klubi jamoada Luis Suaresning o‘rnini bosa oladigan nomzodni qidirishda davom etmoqda.
Kataloniyaliklar «Ayntraxt»dan Luka Yovich va «Atletiko»dan Antuan Grizmannga qiziqish bildirmoqda.
«Barselona»ning ro‘yxatida, shuningdek, «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford ham bor, deb xabar bermoqda «Mundo Deportivo».
Klub rahbarlari 21 yoshli angliyalik futbolchining texnik imkoniyatlarini yuqori baholaydi va uning istalgan top-klubda o‘ynab keta oladi deb hisoblaydi.
«Barselona» Reshfordning amaldagi shartnomasi bilan qiziqib ko‘rgan. Uning «MYu» bilan 2020-yilgacha kelishuvi bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter