Uzbekistan Airways barcha xalqaro parvozlarni to‘xtatdi. Aviachiptalarni qaytarish mumkin
O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 kasalligi birinchi marta aniqlanganligi munosabat bilan 2020-yil 16-martdan boshlab xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarning bekor qilindi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
2020-yil 16-mart kuni faqat quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yakuniy qatnovlar amalga oshiriladi:
HY426 - Deli - Toshkent
HY103/104 - Toshkent - Riga - Toshkent
2020-yil 16-martda quyidagi qatnovlar bekor qilinadi:
HY231/232 - Toshkent - Frankfurt - Toshkent
HY271/272 - Toshkent - Istanbul - Toshkent
HY273/274 - Toshkent - Istanbul - Toshkent
HY275/276 - Samarqand - Istanbul - Samarqand
HY333/334 - Toshkent - Dubay - Toshkent
HY421 - Toshkent -Deli
HY603/604 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY613/614 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY601/602 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY605 - Samarqand - Moskva
HY626- Moskva - Farg‘ona
HY627 - Farg‘ona-Moskva
HY628 - Moskva - Farg‘ona
HY637/638 - Urganch - Sankt-Peterburg - Urganch
HY639 - Samarqand - Sankt-Peterburg
HY667/668 - Toshkent - Novosibirsk - Toshkent
HY691/692 - Toshkent - Tyumen - Toshkent
HY709/710 - Toshkent - Minsk - Toshkent
HY712 - Sankt-Peterburg - Termiz
HY717 - Toshkent - Dushanbe
HY721/722 - Toshkent - Nur-Sulton - Toshkent
HY763/764 - Toshkent - Olma-ota - Toshkent
HY777/778 - Toshkent - Bishkek - Toshkent
Shuningdek, xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha keyingi aviaqatnovlar bekor qilindi.
Xalqaro qatnovlarni to‘xtatish 2020-yil 5-aprelgacha rejalashtirilgan. Yangiliklarni kuzatib turing, deyiladi aviakompaniya xabarida.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olingan joyda qaytarish mumkinligini ma’lum qilingan.
Shuningdek, aviachiptalarni 2020-yil 5-apreldan keyin bo‘lgan boshqa sanalarga almashtirish ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha dastlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasining mart-aprel oylariga rejalashtirilgan qator reyslariga o‘zgartirish kiritilgani ma’lum qilingandi. Bugungi holatdan so‘ng esa barcha xalqaro parvozlar to‘xtatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter