Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bankomatlarda foizsiz naqdlashtirish haqidagi xabarlar rad qilindi

Bankomatlarda foizsiz naqdlashtirish haqidagi xabarlar rad qilindi

Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda bankomatlardan naqd pul yechishni foizsiz amalga oshirish joriy etilishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Moliya vazirligi rasmiysi mazkur xabarni rad etib, bunday tartib rejalashtirilmayotganini qayd etdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda davlat banklari aksiyadori bo‘lgan tijorat banklari kartalaridan bankomatlarda naqdlashtirish komissiyasi bekor qilinishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, bunday reja yo‘q», – deydi vazirlik xodimi.

Shuningdek, naqdlashtirish komissiyasi bekor qilinsa, banklar bankomatlar tarmog‘ini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lmay qolishi ta’kidlandi.

«Ayniqsa, olis hududlarda bankomatlar shundoq ham zararga ishlaydi, sababi sarf-xarajati ko‘p», – deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligi O‘zbekistonda aksariyat davlat banklarining asosiy aksiyadori hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring