Banklar orqali 250 kilodan ortiq oltin quymalar sotilgan – Markaziy bank
2020-yilning noyabr oyidan boshlab, Markaziy bank tomonidan 5, 10, 20 va 50 gramm og‘irlikdagi o‘lchovli va asillik darajasi – 999,9 bo‘lgan oltin quymalarning sotuvi cheklanmagan miqdorda yo‘lga qo‘yilgan.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, hozirda o‘lchovli quymalarni 151 ta sotuv shoxobchasi orqali sotib olish va qaytarib sotish imkoniyati mavjud.
O‘tgan davr mobaynida aholiga investitsiya va jamg‘arish maqsadlarida sotuv shoxobchalari orqali 13130 dona (umumiy vazni – 255 kg.) o‘lchovli oltin quymalari sotilgan.
Shundan:
- 5 grammli oltin quymalar – 3 793 dona (19 kg);
- 10 grammli 3 854 dona oltin quymalar – (39 kg);
- 20 grammli 2 545 dona oltin quymalar – (51 kg);
- 50 grammli 2 938 dona oltin quymalar – (147 kg).
Xududlar kesimida o‘lchovli oltin quymalarni sotish bo‘yicha Toshkent shahrida tashkil etilgan sotuv shoxobchalari yetakchilik qilib, Toshkent shahrida sotilgan quymalar soni 9894 donani (jami muomalaga chiqarilgan quymalarning 75 foizi) tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter