Bahraynda koronavirusni o‘ldiradigan robot ishlab chiqildi
Bahraynda mikroorganizmlar, xususan, koronavirusni yo‘q qila oladigan robot ishlab chiqildi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
Robot 12 tilda gaplashadi, ovozli buyruqlarni bajaradi, yuzni tanish texnologiyasiga ega, tana haroratini o‘lchay oladi.
U viruslarga qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nur bilan ta’sir o‘tkazadi. Yarim soatda mikrorganizmlarni 90 foizgacha o‘ldira oladi. Ultrabinafsha nur mikroorganizmlarning membranasini yorib kirishi natijasida ularda DNK parchalanishi yuz beradi.
Robot ishlayotgan xonaga odamlarning kirishi mumkin emas, binafsharang nur inson hujayralari uchun ham xavfli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter