Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov reytingda yuqoriladi

Bahodir Jalolov reytingda yuqoriladi

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Yangilangan reytingdan 8 nafar bokschimiz o‘rin olgan:

Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona ko‘tarilib 10-o‘ringa joylashdi;

Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagi singari 13-o‘rinda;

Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagidan 3 pog‘ona balandlab 8 -o‘rinni band etgan bo‘lsa; Jahongir Rasulov 2 pog‘ona yuqoriladi va 31-o‘rinni egalladi;

Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov o‘tgan oydagi kabi 28-o‘rinni band etdi;

Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona yuqorilab 30-o‘ringa joylashdi;

Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagidan pog‘ona balandlab 5-o‘rin band etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring