Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov faoliyatida keskin burilish bo‘lmoqda

Bahodir Jalolov faoliyatida keskin burilish bo‘lmoqda

Og‘ir vaznli bokschimiz dunyoning yetakchi promouterlaridan biri bilan shartnoma imzoladi.

ESPN nashri insayderi Mayk Koppinjerning Twitter’da ma’lum qilishicha, shu paytga qadar Probellum kompaniyasi mijozi bo‘lgan Bahodir Jalolov bundan buyon mashhur Bob Arum rahbarlik qiluvchi Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

Ahamiyatlisi, Jalolov Top Rank bilan hamkorlikdagi ilk jangini yozning oxirlarida o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring